University of Innovation technologies

0%

Nukus Innovation universitete
UNIVERSITY OF
INNOVATION
TECHNOLOGIES
+ 99899 295 00 12

Biz haqimizda

  • University of Innovation technologies Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z faoliyatini boshlagan birinchi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir.
  • universitet oʻz faoliyatini 2022-yil noyabr oyida litsenziya asosida boshlagan.
  • Ayni paytda 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar 8 ming nafardan ortiq talaba va yoshlarga ta’lim va tarbiya bermoqda.
  • universitet oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyalangan va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi. O‘quv jarayoni xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda olib boriladi. universitet oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, innovatsion ta’limga asoslangan zamonaviy bilimlarga ega yuqori malakali yetakchi mutaxassislarni tayyorlash va ularni jamiyatga integratsiya qilishni maqsad qilgan. universitetda o‘quv jarayoni ham kunduzgi, ham sirtqi ta’lim shakllarida zamonaviy usullardan foydalangan holda eng qulay sharoitlarda olib boriladi.
  • universitet o‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, sog‘lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish, ayni paytda ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan. universitet mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilib, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohot va o‘zgarishlarning barcha talablariga tezkor va har tomonlama javob berishga harakat qilmoqda.
  • universitetda o‘quv jarayoni ta’lim yo‘nalishlariga mos keladigan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Davlat ta’lim standarti” va “Malakaviy talablar” asosida olib boriladi. Ayni paytda o‘quv jarayonining yuqori sifatini ta’minlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida ma’ruza va auditoriyalar eng ilg‘or axborot texnologiyalari, multimedia proyektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy o‘qitish vositalari bilan jihozlangan. universitetda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy materiallarni o‘z ichiga olgan elektron va kredit-modulli o‘qitish tizimidan foydalangan holda o‘quv jarayoni zamonaviy axborot-kommunikatsiya internet texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. Yaratilgan sharoitlar ta’lim jarayonini xalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan yuqori saviyada o‘tkazish imkonini bermoqda.
  • Bundan tashqari, University of Innovation technologies 2024-yil oktabr oyida “Times Higher Education” xalqaro reyting agentligining “Jahon universitetlari reytingi – 2025” reytingida “Reportyor” maqomini oldi.
  • 2024-yil dekabr oyida University of Innovation technologies 2024-yil yakuni bo‘yicha “UI Green Metric World University Rankings – 2024”da munosib o‘rinni egalladi.
  • Ayni paytda University of Innovation technologies ushbu nufuzli global reytingda dunyoning 30 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasalari orasida 1364-o‘rinni, O‘zbekistondagi 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari orasida 50-o‘rinni egallab turibdi.
  • University of Innovation technologiesda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida 2024-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy unvonlar berish tartibi joriy etilmoqda.
  • 2024-yilda University of Innovation technologies tomonidan 1 ta respublika miqyosida (Nukus shahrida) va bitta xalqaro konferensiya (Samarqandda) tashkil etildi.
  • Uch nafar iqtidorli o‘quvchilarimiz respublikada o‘tkazilgan “Texno Ways” texnologik taraqqiyot marafonida o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etib, faol ishtirok etdilar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga asosan University of Innovation technologiesning to‘rt nafar talabasi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
  • University of Innovation technologies dunyoning 12 davlatidagi 21 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Bizning maqsadimiz - talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko'nikmalar ham berib, ularni mehnat bozoriga to'liq tayyor qilib yetkazishdir.

Jahonning TOP 1000 ta universiteti qatorida

License
Certificate