Kelajakka qadam
"Kelajakka qadam" markazi – bu oliy ta'lim muassasalari (universitet va institutlar) bitiruvchilariga ish topishda, o'z biznesini boshlashda va kasbiy rivojlanishda yordam beradigan markazdir.
Markaz nima ish qiladi?
Asosiy vazifalari:
- Talabalar haqida ma'lumot to'plash va tahlil qilish — qaysi yo'nalishdagi talabalar bitiryapti, ular ish topganmi yoki biznes boshlaganmi, shularni o'rganadi.
- Biznes g'oyali talabalarni aniqlash — o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan bitiruvchilarni topadi.
- Treninglar va o'quvlar tashkil etish — biznes reja tuzish, kredit olish, loyihani boshqarish bo'yicha treninglar o'tkazadi.
- Bank orqali kredit olishga yordam beradi — "O'zmilliybank" orqali loyihalar uchun kredit olish jarayonini tushuntiradi va yo'naltiradi.
- Startup loyihalarni moliyalashtirishga ko'maklashadi.
- Ish beruvchilar bilan tanlovlar o'tkazadi — talabalarni kasbga tayyorlash va amaliyot o'tash uchun ochiq tanlovlar tashkil etadi.
- Axborot kampaniyalari — markaz faoliyati, muvaffaqiyatli talabalar loyihalari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot beradi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Ishga joylashish
Bitiruvchilar haqidagi ma'lumotlar Markaz bazasiga kiritiladi.
Markaz ish beruvchilar bilan bog'lab beradi va kasbiy tayyorlov (amaliyot) dasturlarini tashkil etadi.
Biznes boshlash
O'z g'oyasiga ega talabalarga Markaz yordam beradi:
- treninglar o'tkazadi;
- tavsiya xati beradi;
- kredit olish uchun hujjatlar tayyorlashga ko'maklashadi.
Xorijda amaliyot o'tash
Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar xorijda qisqa muddatli kasbiy amaliyot kurslariga yuborilishi mumkin.
- Buning uchun ingliz yoki xorijiy til bo'yicha B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.
- Amaliyot xarajatlari (chipta, yashash va hokazo) bank tomonidan moliyalashtiriladi.
Tanlovlar qanday o'tkaziladi?
Har bir yo'nalish (masalan, tibbiyot, muhandislik, IT) bo'yicha ochiq tanlovlar o'tkaziladi.
Tanlov natijasida g'oliblar aniqlanadi.
G'olib talabalar 1–6 oy davomida amaliyot o'tashadi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarida oylik to'lanadi.
Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba ishga olinadi.
"Kelajakka qadam" dasturi — yoshlarga keng imkoniyatlar
"Kelajakka qadam" dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo'nalishlarda moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda. Dastur "O'zmilliybank" (NBU) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
"Kelajakka qadam" markazi — bu: talabalarning ishga joylashishiga yordam beradigan, o'z biznesini boshlashni xohlovchilarga kredit va maslahat bilan ko'maklashadigan, amaliyot va xorijiy tajriba imkoniyatlarini yaratuvchi tizimdir. Markaz orqali talaba o'qishni tugatgach, yoki ish topadi, yoki o'z biznesini yo'lga qo'yadi.
Endi siz ham o'z g'oyangizni real loyihaga aylantiring!
(78) 148 00 10 · NBU




