Yoshlar ittifoqi
Universitetdagi yoshlar tashkiloti: ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, ijtimoiy loyihalar va talabalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash.

Faoliyat haqida
Innovatsion texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyat yuritadi. Ushbu tashkilot tarkibida universitet yoshlar yetakchisi hamda yettita yo‘nalish bo‘yicha koordinatorlar faoliyat olib boradi. Tashkilot universitetdagi talaba-yoshlar bilan bevosita ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda turli yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatlarni amalga oshiradi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining asosiy maqsadi talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishdan iborat. Tashkilot tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib qilinadi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, tashkilot talaba-yoshlarning tashabbus va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va notiqlik mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi turli loyihalar va tadbirlarni amalga oshiradi. Universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlarni rag‘batlantirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.