“SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR”
“SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to ‘plami 2025-yil 8-9-aprel
Universitet e'lonlari, xabarnomalar va rasmiy ma'lumotlar. Hujjatlar PDF ko'rinishida yuklab olinadi.
“SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to ‘plami 2025-yil 8-9-aprel
Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari to‘plami “Samarqandda ilmiy renessans. Meta optika, ilm-fandan texnologiyagacha” Samarqand, 8-11-oktabr 2024-y.
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami “Zamonaviy ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni: muammo va innovatsion yechimlari” Nukus, 23-24-oktyabr 2025-y.
ZAMONAVIY SHAROITDA OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI: MUAMMO VA YEСHIMLAR RESPUBLIKA ILMIY-NAZARIY ANJUMANI 22-23-may 2024-yil, Nukus shahri
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami “Raqamlashtirish sharoitida ta’lim tizimi taraqqiyotining zamonaviy muammo va tendensiyalari” Nukus, 24-aprel 2026-y.
Biologiya va raqamli texnologiyalar integratsiyasi Markaziy Osiyodagi yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy almashinuv forumi Sana va o‘tkazilish joyi 2026-yil 22–23-may Nukus, O‘zbekiston Gibrid format (oflayn va onlayn ishtirok imkoniyati) Konferensiya haqida Orolbo‘yi mintaqasi dunyodagi eng dolzarb ekologik hududlardan biri hisoblanadi, bu yerda ekologik degradatsiya, suv tanqisligi va biologik xilma-xillikning kamayishi o‘zaro kesishadi. Ushbu muammolarni hal etish nafaqat biologik tadqiqotlarni, balki innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etishni ham talab qiladi. Mazkur xalqaro ilmiy forum yosh tadqiqotchilar, olimlar va mutaxassislarni biologiya, innovatsiya va barqarorlik chorrahasida joylashgan muammolarga interdisiplinar yechimlar ishlab chiqish uchun birlashtiradi. Tadbir ilmiy muloqotni rivojlantirish, bilim almashinuvini kuchaytirish va Markaziy Osiyo hamda undan tashqarida barqaror ilmiy hamkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqsadlar • Biologiya va raqamli texnologiyalarni bog‘lovchi interdisiplinar tadqiqotlarni rivojlantirish • Mintaqaviy va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash • Yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash • Ekotizimlarni tiklash va barqarorlik bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish Dasturdan asosiy yo‘nalishlar • Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi asosiy (keynote) ma’ruzalar • Biologik xilma-xillik, iqlimga moslashuv va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha ilmiy sessiyalar • Yosh tadqiqotchilar tomonidan poster taqdimotlari • Fan, texnologiya va ekologik yechimlarga bag‘ishlangan panel muhokamalar Tashkilotchilar • Innovatsion texnologiyalar universiteti (Nukus, O‘zbekiston) • O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tabiiy fanlar instituti • Qoraqalpoq davlat universiteti, Biologiya fakulteti Konferensiya rahbariyati Innovatsion texnologiyalar universiteti rektori: Prof. Anvar Azamov Tashkilotchilar: Dots. Dr. Alisher Yuldashev Dots. Dr. Damir Jumaniyazov Biologiya fanlari doktori, prof. M.A. Jumamuratov Dots. Dr. Baxit Mambetnazaro
Konferensiya haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻiga asosan University of Innovation Technologies tomonidan 2026-yil 24-aprel kuni “Raqamlashtirish sharoitida ta’lim tizimi taraqqiyotining zamonaviy muammo va tendensiyalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish va ilmiy maqolalar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan. Konferensiya maqsadi: Raqamlashtirish sharoitida ta`lim tizimi rivojining zamonaviy muammo va tendentsiyalarini ilmiy asosda tahlil qilish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va ta`lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy takliflar ishlab chiqishdir. Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari: 1-Shoʻba: Ta’lim tizimini raqamlashtirishda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlari. Mambetkarimov Bayniyaz (+99897) 348-27-25 2-Shoʻba: Sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari va raqamli xavfsizlikning ta’lim jarayonidagi o‘rni va mavjud muammolari. Duysenbaev Ruslan (+99891) 939-05-08 3-Shoʻba: Global ta’lim makonida pedagogika va psixologiya fanlarining dolzarb muammolari. Aytmuratov Baxtiyar (+99895) 120-08-07 4-Shoʻba: Raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqani iqtisodiy tarafdan rivojlantirishning zamonaviy yechimlari. Aydinyazova Baxtigul (+99897)-220-58-20 5-Shoʻba: Sun’iy intellektdan ta’lim tizimida foydalanishning moliyaviy iqtisodiy jihatlari. Jubanova Bayramgul (+99890) 727-23-56 6-Sho‘ba: Ilmning raqamlashtirilishi sharayotida ijtimoiy fanlarning mintaqaviy muammolari. Bayniyazov Alisher (+99897) 358-19-88 7-Shoʻba: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda zamonaviy ta’lim tendentsiyalari. Pirimbetov Baxit (+99890) 728-75-37 8-Shoʻba: Filologik ta’limda raqamli lingvistika, media ta’lim va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari. Orazimbetov Shingis (+99897) 220-95-05 Ishtirok etishga taklif etiladi: OTM o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar, mustaqil tadqiqotchilar, ta’lim va media tashkilotlari vakillari. Konferensiya tillari: qoraqalpoq, o‘zbek, rus, ingliz. Materiallarga talablar: • Maqola hajmi: 3-5 bet • Format: Word, Times New Roman shrifti, 14 pt, interval 1,5 • Hoshiyalar: tepadan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm; • Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar (ikki tilda maqola tili va ingliz tilida) keltiriladi, so‘ng 2 interval tashlab asosiy matn va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. (ilovadagi na’muna asosida) • Maqolaning elektron nusxasi quyidagi shaklda nomlanadi: shoʻba raqami, birinchi muallifning familiyasi, masalan 1_Bayniyazov.docx yoki 3_Bayniyazov.doc • Matnda keltirilgan fikrlar, statistik ma’lumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun mas’uliyat muallif zimmasida qoladi. • Mualliflar konferensiyada ishtirok etish uchun “Ishtirokchi anketasi”ni ham tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishi lozim. (ilovadagi na’muna asosida) • Materiallarni topshirish muddati: 2026-yil 31-martgacha • Materiallarni yuborish uchun telegram bot manzili: https://t.me/uitconference_bot Mualliflik badali: har bir maqola yoki tezis uchun individual DOI (Digital Object Identifier) olish narxi 100 000 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlarni Click, Payme yoki boshqa bank mobil ilovalari orqali 9860 2601 1428 9770 (Jamiyet Berdiyev) ga yuborishingiz mumkin. Buning tasdig‘ini skrinshot qilgan holda maqola muallifi va nomi bilan (+99897)358-19-88 https://t.me/alisherbayniyazov88 telegram raqamiga yuborishingiz so‘raladi. Konferensiya vaqti va joyi: 24.04.2026 University of Innovation Technologies Konferensiya yakunida ilmiy ishlar to‘plamini bosma va elektron shaklda nashr etish rejalashtirilgan. Har bir chop etilgan maqolaga individual DOI (Digital Object Identifier), elektron sertifikat va indekslangan maqolaning PDF versiyasi taqdim etiladi. Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 77/1, University of Innovation Technologies, https://uit.uz/ tel: (+99897)358-19-88 Zoom uchun havola: Идентификатор конференции: 849 1337 1492, Код доступа: 756878 https://us06web.zoom.us/j/84913371492?pwd=UYxiPhuKLO3jQ1oTZLobqz8uX4nTc0.1