UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026

Iqtisodiyot kafesrasi

Kafedra mudiriQurbaniyazov Amangeldi Erniyazovich
Qurbaniyazov Amangeldi Erniyazovich
Kafedra mudiri

Qurbaniyazov Amangeldi Erniyazovich

Qabul vaqti
Har kuni

Kafedra haqida

«Iqtisodiyot» kafedrasi respublika xalq xo‘jaligi va biznes sohasi uchun iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Kafedra zamonaviy makro va mikroiqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan, amaliy tahlil va prognozlash ko‘nikmalariga ega hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali qarorlar qabul qila oladigan kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kafedrada talabalar kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida «Iqtisodiyot» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladilar. O‘quv jarayonida nazariy bilimlar bilan birga amaliy iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga, zamonaviy bozorni tahlil qilish metodlari va biznesni rejalashtirishni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kafedralarga qaytish