UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026

Aniq fanlar kafedrasi

Kafedra mudiriEsengeldiev Dauranbay Nietbaevich
Esengeldiev Dauranbay Nietbaevich
Kafedra mudiri

Esengeldiev Dauranbay Nietbaevich

Qabul vaqti
Har kuni

Kafedra haqida

«Aniq fanlar» kafedrasi universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarga matematika, fizika, informatika va boshqa aniq fanlarni o‘qitishga mas’ul bo‘lgan yetakchi kafedralardan biridir. Kafedra zamonaviy ilmiy-texnikaviy yondashuvlarni qo‘llagan holda talabalarning mantiqiy fikrlashini o‘stirish, tahliliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quv jarayonida talabalar o‘zlarining mutaxassislik fanlari doirasida zarur bo‘lgan aniq fanlar asoslarini puxta o‘rganadilar. Tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi universitetdagi barcha fakultet va yo‘nalishlar talabalariga ta’lim berib, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalaniladi.
Kafedralarga qaytish