
Kafedra mudiri
Jorabekov Timur Keunimjaevich
- Elektron pochta
- jorabekovtimur@nukusii.uz
- Qabul vaqti
- Har-kuni
Kafedra haqida
«Dasturiy injiniring» kafedrasi respublika axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohalari uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hamda axborot tizimlarini loyihalash bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Kafedra zamonaviy dasturlash tillarini chuqur egallagan, axborot xavfsizligi va ma’lumotlar bazasini boshqarish ko‘nikmalariga ega hamda murakkab dasturiy yechimlarni yarata oladigan kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kafedrada talabalar kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida «Dasturiy injiniring» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladilar. O‘quv jarayonida nazariy bilimlar bilan birga amaliy dasturlash va loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, zamonaviy IT-texnologiyalar va algoritmlarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi.