Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, yurist
Daumenov Berdax Aymuratovich
Telefon-

Bo'lim haqida
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;
- “Korrupsiyasiz soha” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun institut rahbariyatiga kiritadi;
- ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;