Rektorat tashkiliy xizmati bo‘limi boshlig‘i
Janabayev Dauletbek Jumabekovich
Telefon

Bo'lim haqida
Rektorat tashkiliy xizmati bo‘limi universitet boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish va rektor faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bo‘lim universitet Kengashi va ishlab chiqarish majlislarida ishtirok etadi hamda muhokama qilinadigan masalalarni sifatli tayyorlashda ko‘maklashadi.
Bo‘lim vakolati doirasida zarur masalalarni chuqur ishlab chiqish uchun mutasaddi xodimlar jalb etiladi va ishchi guruhlar tashkil qilinadi. Rektorga kiritilayotgan hujjatlar talab darajasiga javob bermagan hollarda ular qayta ishlash uchun ijrochilarga qaytariladi. Shuningdek, rektorning kun tartibini muvofiqlashtirish, topshiriqlarni tarkibiy bo‘linmalarga yetkazish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘limning asosiy vazifalaridan biridir.
Bo‘lim yuqori turuvchi organlar so‘rovlariga muvofiq hisobotlar tayyorlaydi, xizmat safarlari va xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi. Devonxona orqali kelib tushgan hujjatlar o‘rganilib, tegishli bo‘linmalarga taqsimlanadi. Shuningdek, rektorning fuqarolar qabulini tashkil etish, sayyor qabullarni yo‘lga qo‘yish hamda universitet hududlaridagi tashriflarida tashkiliy hamrohlik qilish vazifalarini bajaradi.