UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti23-may 2026·1 daqiqa

ITU va Xitoydagi nufuzli OTM o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

ITU va Xitoydagi nufuzli OTM o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
▪️ Xitoy biznes markazi direktori Van Yongsinning taklifiga binoan Innovatsion texnologiyalar universiteti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich hamda universitetning Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Ruslan G‘aniyev Xitoy Xalq Respublikasidagi Shimoliy-G‘arbiy Xitoy qurilish institutiga tashrif buyurdi. ▪️ Universitet delegatsiyasini institut rahbariyati iliq kutib oldi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. ▪️ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga muvofiq, hamkorlik arxitektura va dizayn, shaharsozlik, dasturiy injiniring, iqtisodiyot va moliya, shuningdek, ta’limdagi innovatsiyalar yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. ▪️ Tomonlar mazkur hamkorlik nafaqat ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida ham yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonch bildirishdi. ©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati