UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti18-may 2026·1 daqiqa

ITUda «ITUning ibratli oilasi» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

 ITUda «ITUning ibratli oilasi» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
▪️ Innovatsion texnologiyalar universitetida «15-may — Xalqaro oila kuni» munosabati bilan «ITUning ibratli oilasi» mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘z oila a’zolari bilan faol ishtirok etdi. ▪️ Tadbirni universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich kirish so‘zi bilan ochib berib, oilaning jamiyatdagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati hamda oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, ishtirokchi jamoalarga omad va muvaffaqiyat tiladi. ▪️ Tanlov davomida jamoalar «Salomlashuv», «Savol-javob» hamda «Erkin mavzu» shartlari asosida o‘z bilimlari, ijodkorligi, ahilligi va jamoaviy faolligini namoyon etdi. ▪️ Yakuniy natijalarga ko‘ra, «Dasturiy injiniring» kafedrasi o‘qituvchisi Polatbek Kalxanov oilasi — «Olimlar» jamoasi faxrli 1-o‘rinni, «Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim» kafedrasi o‘qituvchisi Bayram Genjemuratov oilasi — «Chempionlar» jamoasi faxrli 2-o‘rinni, «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi o‘qituvchisi Ahmed Baybulov oilasi — «Blogerlar» jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi. ▪️ Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati