ITUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

▪️ Innovatsion texnologiyalar universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishni universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich ochib berdi va olib bordi.
▪️ Yig‘ilish kun tartibida universitetda ijro intizomini monitoring qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Sirtqi ta’lim bo‘limida kuzgi semestr yakuniy natijalari hamda bahorgi semestr holati, iqtidorli talabalar faoliyati va ularni nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.
▪️ Shuningdek, talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.
▪️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning ma’ruzalari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati