ITU va Bashkir davlat pedagogika universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

▪️ Innovatsion texnologiyalar universitetiga Rossiya Federatsiyasining Bashqirdiston Respublikasi Ufa shahrida joylashgan M.Akmulla nomidagi Bashkir davlat pedagogika universitetining Yoshlar siyosati va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Radik Yulbaev hamda «Turkiy va sharq filologiyasi» kafedrasi mudiri Aytugan Kulanchinlar tashrif buyurdi.
▪️ Mehmonlarni universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich samimiy kutib oldi.
▪️ Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alisher Yuldashev, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Nuriddin Xudayqulov, Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Ruslan G‘aniyev hamda «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasi professori Berdax Daumenovlarishtirok etdi.
▪️ Muzokaralar davomida tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy maqolalarni hamkorlikda tayyorlash va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar.
▪️ Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati