ITU vakili Xitoydagi nufuzli OTMga tashrif buyurdi

▪️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Ruslan G‘aniyev Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy safari davomida Shensi Pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
▪️ Mazkur oliygoh Xitoyning pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetda 19 mingdan ortiq kunduzgi ta’lim talabalari, 12,2 mingdan ortiq magistrant va doktorantlar hamda 600 dan ziyod xalqaro talabalar tahsil oladi.
▪️ Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida Innovatsion texnologiyalar universiteti va Shensi Pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
▪️ Xususan, 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
▪️ Tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik ikki universitet uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati