ITU delegatsiyasi Xitoydagi ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda

▪️ Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida III Xitoy–Oʻzbekiston hududlararo hamkorlik xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan «Study in Uzbekistan» milliy ta’lim ko‘rgazmasi o'zining ikkinchi ish kunini o'tkazdi.
▪️ Unda Innovatsion texnologiyalar universiteti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich hamda universitetning Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Ruslan G‘aniyevlar ham faol ishtirok etishib, O'zbekistonda, xususan Qoraqalpog'istonda robototexnika, sun'iy intellekt sohalarini rivojlantirish bo'yicha muzokalar olib borishdi.
▪️ Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo'lgan batareykalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan muzokalar olib borildi.
▪️ Shu bilan birgalikda, Xitoyning National Research Center for Professional Managers va Shaanxi Zhitao commercial operation management CO.,LTD tashkilotlari bilan ta'lim eksporti sohasi bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati