ITUda yangi o‘quv yili boshlandi

Innovatsion texnologiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich ochib berdi. Rektor o‘z nutqida talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabriklab, Yangi O‘zbekistonning bilimga intiluvchan, faol va tashabbuskor yoshlari uchun talabalik davri katta imkoniyatlar, yangi bilim va yutuqlar sari muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri Jamiyet Berdiyev so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdilar hamda ularga ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir yakunida talabalar ta’lim yo‘nalishlari kesimida guruhlarga ajratilib, ularga universitetning o‘quv binosi, auditoriyalari hamda o‘quv jarayoni tashkil etiladigan asosiy joylari tanishtirildi.
✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati