UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti23-may 2026·1 daqiqa

Qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar ITUga tashrif buyurdi

Qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar ITUga tashrif buyurdi
▪️ Qozog‘istonning Sh.Esenov nomidagi Kaspiy texnologiyalari va injiniring universiteti katta o‘qituvchilari Aynash Qonarshaeva va Saliha Yusimbaeva Innovatsion texnologiyalar universitetiga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi. ▪️ Mehmonlarni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda «Filologiya» kafedrasi mudiri Azat Yusupov kutib oldi. ▪️ Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ta’lim sifati, ilmiy faoliyat hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi tajriba almashinuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. ▪️ Shuningdek, muhokamalar jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida avval imzolangan memorandum doirasida professor-o‘qituvchilarning birgalikdagi ilmiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish, «Scopus» bazasida indekslanuvchi ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish yuzasidan fikr almashildi.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati