Xorijlik professor-o‘qituvchilar «Sahro Luvri»ga sayohat qildi

▪️ Innovatsion texnologiyalar universitetiga AQSH va Kanada oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan xorijlik mutaxassislar universitetning «Filologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Igor Vitalevich Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat san’at muzeyiga sayohat qilishdi.
▪️ Mazkur sayohat xorijlik mehmonlarni O‘zbekistonning boy madaniy merosi, xususan, Qoraqalpog‘iston hududidagi noyob san’at durdonalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
▪️ Sayohat davomida mehmonlar muzey eksponatlari bilan tanishib, ularning yaratilish tarixi, badiiy qiymati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati