Xushxabar: Prezident Shavkat Mirziyoyev universitetimiz talabasi bilan muloqot qildi

🔹 Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Chinobod real biznes» korxonasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan baliqchilik loyihasi bilan tanishdi.
🔹 Korxonada intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish, suvdan samarali foydalanish va zamonaviy usullarni ishlab chiqarishga joriy etishga e’tibor qaratilgan.
🔹 E’tiborlisi, «Chinobod real biznes» korxonasi rahbari G‘ofurjon Sobirov — Innovatsion texnologiyalar universiteti talabasi. U tahsil olish bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyatini ham olib bormoqda.
🔹 Tashrif davomida loyihaning ishlab chiqarish quvvati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati