ITUda «Ta’sischi stipendiyasi» va «Rektor stipendiyasi» uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Hurmatli talabalar! Innovatsion texnologiyalar universitetida «Ta’sischi stipendiyasi» va «Rektor stipendiyasi» tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi.
Hujjatlar 20-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
1. Pasport yoki ID-karta nusxasi;
2. Obyektivka (ma’lumotnoma);
3. Transkript nusxasi;
4. Dekan tavsiyanomasi;
5. Kafedra tavsiyanomasi;
6. Ilmiy rahbar tavsiyanomasi;
7. Milliy yoki unga tenglashtirilgan xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa);
8. Ilmiy yoki ijodiy ishlar ro‘yxati, ularning bosma nusxalari, elektron manzili va DOI raqami ko‘rsatilgan holda;
9. Ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati 3.4-shaklda, ilmiy bo‘lim tomonidan tasdiqlangan holda.
Hujjatlar universitet ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan holda fayl jildda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Baynazar Kaipnazarovga topshirilishi kerak.
Eslatma: Tanlovlarga hujjatlar 2-, 3- va 4-bosqich talabalari orasidan qabul qilinadi.
Hujjatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan topshirishingizni so‘raymiz.
Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati