UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti24-sentabr 2026·1 daqiqa

ITUda Xalqaro tarbiyachilar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

ITUda Xalqaro tarbiyachilar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
🔹 Innovatsion texnologiyalar universiteti Sirtqi ta’lim bo‘limida 27-sentabr — Xalqaro tarbiyachilar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 🔹 Tadbirni universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich ochib berib, bo‘lajak tarbiyachilarni bayram bilan tabrikladi va ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. 🔹 Shuningdek, mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Islom Yusupov, universitet rektorining talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul maslahatchisi Baxtiyar Joldasov, Sirtqi ta’lim bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Qurbonboyev, «Maktabgacha ta’lim» kafedrasi mudiri Timur Jumabayev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. 🔹 Bayram dasturidan «Maktabgacha ta’lim» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan tayyorlangan qo‘shiq, raqs va badiiy chiqishlar o‘rin oldi. 🔹 Bundan tashqari, talabalar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda ularning ijodiy ishlari namoyish etildi. ©️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati