«University of innovation technologies» ta’sischisi «Mardlik» ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, «University of innovation technologies» ta’sischisi Kushmurotov Elmurot Jurakulovich «Mardlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Elmurot Kushmurotov ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.
«Mardlik» ordenini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A. O‘rinbaev tantanali ravishda topshirdilar. Mazkur yuksak e’tirof «University of innovation technologies» jamoasi uchun ham quvonchli va muhim voqea bo‘ldi.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati