UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti4-oktabr 2026·1 daqiqa

ITU talabalari uchun Malayziyada bir semestr o‘qish imkoniyati yaratilmoqda

ITU talabalari uchun Malayziyada bir semestr o‘qish imkoniyati yaratilmoqda
⏺ Innovatsion texnologiyalar universiteti talabalari uchun 2027-yil yanvar oyidan Malayziyada bir semestr o‘qish imkoniyati yaratilmoqda. Dastur 4–6 oy davom etadi va talabalar o‘qish bilan birga yangi muhit hamda madaniyat bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. ⏺ Talabalar INTI xalqaro universitetida ingliz tilida tahsil oladi. Dastur bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi», «Moliya va moliyaviy texnologiyalar» hamda «Dasturiy injiniring» yo‘nalishlarini qamrab oladi. ⏺ Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish, yaxshi akademik ko‘rsatkich va xulq-atvorga ega bo‘lish talab etiladi. O‘qish va yotoqxona xarajatlari universitet tomonidan qoplanadi. Aviachipta, ovqatlanish, viza va boshqa xarajatlar esa talaba tomonidan amalga oshiriladi. ⏺ Hujjat topshirish uchun 3,5×4,5 sm fotosurat, qizil pasport nusxasi hamda talaba va ota-onasining ITU rektori nomiga yozgan arizasi kerak. Hujjat topshirishning so‘nggi muddati — 15-oktyabr. ⏺ Batafsil ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limiga murojaat qiling. ✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati