UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti10-oktabr 2026·1 daqiqa

ITU hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

ITU hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Innovatsion texnologiyalar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shavkat Madraximov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A’zamxon Mahmudov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Alisher Umaraliyev hamda «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Otabek Shirinovdan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni markaz direktori Gulasal Berdaliyeva va markaz vakillari samimiy kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari pedagoglarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalari hamda mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar xorijiy tajribalarni birgalikda o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Uchrashuv yakunida Innovatsion texnologiyalar universiteti va Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati