UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti9-oktabr 2026·1 daqiqa

ITUda «So‘nggi bekat» spektakli namoyish etildi

ITUda «So‘nggi bekat» spektakli namoyish etildi
Avval xabar berganimizdek, Innovatsion texnologiyalar universitetida «Talabalar teatr studiyasi» tanlovi o‘tkazilgan edi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, iqtidorli va san’atga qiziquvchi talabalar saralab olinib, universitetning teatr jamoasi shakllantirildi. Yangi tashkil etilgan teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan «So‘nggi bekat» spektakli Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti talabalari e’tiboriga havola etildi. Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘ulomjon Sultanov, fakultet dekani Konisbay Bekimbetov, dekan o‘rinbosari Axmet Seytkamalov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar faoliyatini endigina boshlagan teatr jamoasiga ulkan zafarlar tilab, ulardan yangi ijodiy spektakllar va yuksak yutuqlar kutib qolishlarini bildirishdi. «So‘nggi bekat» spektakli tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. Talabalar sahnadagi voqealarni shunchaki kuzatibgina qolmay, balki qahramonlarning ruhiy kechinmalarini chin dildan his etib, asar mazmuniga chuqur kirib bordilar. ✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati