UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti14-may 2026·1 daqiqa

Qoraqalpog‘istonlik talabalar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Qoraqalpog‘istonlik talabalar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Innovatsion texnologiyalar universiteti talaba-yoshlari Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu mahobatli maskanda talabalar zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar hamda ajdodlarimizning islom dunyosi va ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Talabalar ayniqsa buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosi, ularning jahon tamaddunidagi o‘rni va bugungi kunda ushbu merosni chuqur o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlardan katta taassurot oldilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini kuchaytirish hamda ularning intellektual va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati