UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti2-sentabr 2026·1 daqiqa

ITU vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv kursida ishtirok etmoqda

ITU vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv kursida ishtirok etmoqda
🟢 Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi universitetida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo va hamkor mamlakatlar vakillari uchun «Cho‘llanishga qarshi kurashish va voha ekologik qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar» mavzusida xalqaro o‘quv kursi o‘tkazilmoqda. 🟢 Mazkur xalqaro dasturda Innovatsion texnologiyalar universitetidan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘ulomjon Sultanov hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A’zamxon Mahmudov ishtirok etmoqda. 🟢 Xalqaro o‘quv kursi davomida Shihezi universiteti rahbariyati hamda Sintszyan ishlab chiqarish va qurilish korpusi Savdo byurosining Tashqi savdo bo‘limi mutasaddilari bilan ekologik barqarorlik, zamonaviy texnologiyalar va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. ✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati