UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti23-oktabr 2026·1 daqiqa

ITU talabalari diqqatiga! Innovatsion g‘oyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

ITU talabalari diqqatiga! Innovatsion g‘oyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda
Innovatsion g‘oyangizni startap loyihaga aylantirishni istaysizmi? Tanlovda ishtirok etib, loyihangizni amalga oshirish uchun 500 million so‘mgacha grant yutib olish imkoniyatidan foydalaning! Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich g‘oliblari uchun: 🥇 1-o‘rin — 15 million so‘m; 🥈 2-o‘rin — 10 million so‘m; 🥉 3-o‘rin — 5 million so‘m. Respublika bosqichida: 🥇 1-o‘rin — 500 million so‘m; 🥈 2-o‘rin — 300 million so‘m; 🥉 3-o‘rin — 200 million so‘m grant ajratiladi. Arizalar 2026-yil 31-oktyabrgacha qabul qilinadi. Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishing: TANLOV NIZOMI Batafsil ma’lumot uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i B. Qayipnazarov Telefon: +998 91 272 29 92 Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati