ITUda Malayziyaning INTI xalqaro universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

⚫️ Innovatsion texnologiyalar universitetida Malayziyaning INTI xalqaro universiteti vakillari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚫️ Unda universitet rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Alisher Yuldashev hamda Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektor Jahongir G‘afurov ishtirok etdi.
⚫️ Uchrashuvda INTI xalqaro universiteti tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun onlayn magistratura hamda biznes boshqaruvi doktoranturasi dasturlari bo‘yicha to‘liq stipendiya dasturi qayta yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi.
⚫️ Uchrashuvda mazkur imkoniyatni universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlariga yetkazish, nomzodlarni jalb etish hamda ariza topshirish jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
⚫️ INTI xalqaro universiteti tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, navbatdagi qabul jarayoni 26-oktyabrda boshlanadi. Dasturga qiziqish bildirgan nomzodlar belgilangan tartibda ariza topshirishlari mumkin.
✍️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati