UIT
UITNukus · 2022
Qabul 2026
Universitet hayoti16-oktabr 2026·1 daqiqa

ITU va Chimkent universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

ITU va Chimkent universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Innovatsion texnologiyalar universitetiga Chimkent universiteti katta o‘qituvchisi, PhD Gulnur Belgibaeva, akademik xizmatlar departamenti boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Lazzat Mambetova, «Pedagogika» kafedrasi mudiri Qayrat Ibragimov hamda Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori Furqat Dadajonov tashrif buyurdi. Mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Innovatsion texnologiyalar universiteti rektori Anvar A’zamov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Islom Yusupov, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Nuriddin Xudayqulov, Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Ruslan G‘aniyev, Innovatsion pedagogika fakulteti dekani Olimjon Zaripov, «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi mudiri Maxsetbay Aytimbetov, «Filologiya va tillarni o‘qitish» kafedrasi mudiri Shing‘isbek Orazimbetov hamda mazkur kafedra professori v.b. Zoya Sarsenbaeva ishtirok etdi. Muloqot davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar tajribasini almashish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, mavjud akademik tajriba va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Tomonlar hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Tadbir yakunida Innovatsion texnologiyalar universiteti va Chimkent universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati.
© Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati